Samsung kir yuvish mashinasi displeyida BE, BE1, BE2, BE3, BC, BC2, EB xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 17.09.2024

Nima sodir bo‘ldi

Kir yuvish mashinasi displeyida "BE", "BE1", "BE2", "BE3", "BC", "BC2" yoki "EB" xatolik xabari paydo bo‘ldi.

Samsung kir yuvish mashinasi displeyida BE, BC, EB xatoliklari

Xatolik nimani anglatadi

Boshqaruv panelidagi qandaydir tugma qotib qolgan (yopishgan).

Keyin nima qilish kerak

Boshqaruv panelidagi tugmalarni diqqat bilan ko‘rib chiqing va qaysidir tugma qotib qolgan yoki yo‘qligini tekshiring.

Qotib qolgan tugmani bir necha marta bosib ko‘ring, shunda u o‘z joyiga qaytadi.

  • Agar tugma o‘z joyiga qaytsa, mashinadan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin, hammasi yaxshi.
  • Agar tugma o‘z joyiga qaytmasa, qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Quvvat tugmasi yordamida mashinani bir daqiqaga o'chiring. Keyin mashinani yoqing va har qanday yuvish rejimini ishga tushiring.

  • Agar xatolik paydo bo‘lmasa, mashinadan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin, hammasi yaxshi.
  • Agar xatolik yana paydo bo‘lsa, qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!