Samsung kir yuvish mashinasida 4E, 4C, E1 xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 16.09.2024

Nima bo‘ldi

Kir yuvish mashinasi displeyida "4E", "4C" yoki "E1" xatolik haqidagi xabar paydo bo‘ldi.

Samsung kir yuvish mashinasi displeyida 4E, 4С, E1 xatoliklari

Displeysiz modellarida barcha yuvish rejimlari indikatori va pastki harorat indikatori yonadi.

Displeysiz Samsung kir yuvish mashinasida xatolik indikatsiyasi

Nima uchun xatolik paydo bo‘ldi

Kir yuvish mashinasiga suv to'ldirilmayapti:

  • Mashinaga suv etkazib berish krani yopiq;
  • Uyda sovuq suv yo‘q yoki suv bosimi juda past;
  • Kirish shlangi egilgan yoki siqilib qolgan - mashina u orqali suvni tortadi;
  • Suv kirish filtrining t‘ori tullib qolgan;
  • Mashina ichidagi suv o‘zidan o‘zi oqib ketayapti.

Keyin nima qilish kerak

Kir yuvish mashinasini yana shu rejimda ishga tushirib ko‘ring va ishga tushgandan so'ng suv to'ldirish ovozini eshita olasizmi yoki yo'qligini tekshiring.

Suv to'ldirish ovozi eshitiladi:

 

Agar suv to'ldirish ovozni eshitsangiz, lekin mashina baribir xatolik chiqarsa, demak: 

  • yoki tanlangan yuvish rejimi uchun mashinaga juda ko‘p kir kiyim solingan, 
  • yoki barabanga yuklangan narsalar juda ko‘p suv o'zlashtiradi: yostiqlar, ko‘rpa va hokazo. 

Har bir yuvish rejimi uchun maksimal kir kiyim yuklash ma'lumoti foydalanuvchi qo‘llanmasida, "Foydalanish" yoki "Kir yuvish bo‘yicha ko‘rsatmalar" bo‘limida ko‘rsatilgan. Yuvish uchun mashinaga ma'lum miqdorda suv quyiladi. Agar narsalar rejalashtirilganidan ko‘proq suv o'zlashtirsa, mashinadagi suv darajasi kamayadi. Datchik buni aniqlaydi va mashina xatolik ko‘rsatadi. 

Agar kir kiyimlar kam yuklangan bo‘lsa va ko‘p suv o'zlashtiradigan narsalar bo‘lmasa, suv kirish shlangi orqali suv bosimini tekshiring. Agar bosim past bo‘lsa, xatolik paydo bo‘ladi. Bunday holda, santexnikga murojaat qiling.

Suv to'ldirish ovoz eshitilmaydi:

 

Agar kir yuvish ishga tushirilgandan keyin suv to'ldirish ovozni eshitmasangiz va mashina xatolik ko‘rsatsa, unda:

1 Kir yuvish mashinasiga suv beruvchi kran ochiq ekanligiga amin bo'ling.
2 Uydagi sovuq suvni tekshiring. Buning uchun sovuq suv kranini oching. Agar suv bo‘lmasa yoki bosimi past bo‘lsa — santexnikka murojaat qiling. Kir yuvish mashinasi suvsiz kir yuvishni boshlay olmaydi.
3 Agar kran ochiq bo‘lsa va uyda suv mavjud bo‘lsa, suv kirish shlangi orqali suv bosimini tekshiring.
  1. Suv kirish filtri t‘orini chiqarib tozalang.

  2. Suv chiqarish shlangi to‘g‘ri ulanganligiga amin bo'ling: u mashinadan yuqoriga chiqib turishi va zavod tomonidan halqa yoki ilgak shaklidagi biriktirgichlarga mahkamlangan bo‘lishi kerak, shundan keyingina pastga tushishi lozim.
    Agar shlang noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa, suv mashinadan darhol chiqib ketadi.

  3. Boshqaruv blokini qayta yuklash uchun mashinani 15 daqiqaga rozetkadan uzing.

  4. Mashinani rozetkaga ulang va shu yuvish rejimini ishga tushiring.


Agar xatolik paydo bo‘lmasa — mashinadan foydalanishda davom eting, hammasi joyida.
Agar xatolik yana paydo bo‘lsaqo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Santexnikka murojaat qiling. Kir yuvish mashinasining suv bosimi past bo‘lsa, kir yuvishni boshlay olmaydi.

Shlangning ikkinchi uchini suv quvuridan yeching va unga suv quying.

Agar suv shlangdan o‘tsa, suv ta'minoti krani va suv quvurini tekshirish uchun santexnikka murojaat qiling.
Agar suv shlangdan o‘tmasa — u tiqilib qolgan. Yangi shlang sotib oling yoki uni kuchli suv oqimi bilan yuvib tozalang.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!