Samsung Galaxy’da mobil ma’lumotlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
Agar sizda mobil ma’lumotlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, bu sizning uyali aloqa tarmog‘ingizning qamrovi yoki sozlamalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Muammoni hal qilish uchun quyidagi ko‘rsatmalar bilan tanishing.
Quyidagi tavsiyalarni bajarmasdan oldin, qurilmangiz va tegishli ilovalaringizning dasturiy ta’minoti eng so‘nggi versiyaga yangilanganiga amin bo’ling. Mobil qurilmangiz dasturiy ta’minotini yangilash uchun quyidagi amallarni bajaring:
1-qadam. «Sozlamalar» > «Dasturiy ta’minotni yangilash» bo‘limini oching.
2-qadam. «Yuklab olish va o‘rnatish» tugmasini bosing.
3-qadam. Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Qurilmangizda mobil ma’lumotlar yoqilganligini tekshiring
Dastlab, qurilmangizda Mobil ma’lumotlar yoqilganligini tekshiring.
1-qadam. Ikki barmoq bilan ekranning yuqori qismini pastga torting.
2-qadam. Menyuda Mobil ma’lumotlar yoqilganligini tekshiring.
Agar mobil ma’lumotlar yoqilgan bo‘lsa, lekin muammo davom etsa, qurilmani majburan qayta yuklashga harakat qiling.
Eslatma.
- Qurilmangizni majburan qayta yuklashda ma’lumotlaringiz va fayllaringiz saqlanib qoladi.
- Ovoz balandligini boshqarish tugmasi va yon tugmaning joylashuvi qurilmangiz modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Agar mobil tarmoqqa ulanish beqaror bo‘lsa va mobil internetdan foydalana olmasangiz, tarmoq sozlamalarini tiklashga harakat qiling.
Eslatma.
- Tarmoq sozlamalarini tiklash Wi-Fi, Bluetooth va boshqa tarmoq ulanish sozlamalarini tiklaydi.
Agar yuqoridagi usullar muammoni hal qilmasa va qurilmangizda hali ham mobil internetdan foydalana olmasangiz, bu uyali aloqa tarmog‘ining qamrovi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar yaqinda aloqa operatoringizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz, lekin telefoningizni saqlab qolgan bo‘lsangiz, joriy aloqa operatoringizga murojaat qilib, qurilmangizni boshlang‘ich holatiga qaytarishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Yordam uchun aloqa operatoringizga murojaat qiling.
Eslatma.
- Har bir qadamdan so‘ng qurilmangizda mobil internetdan foydalanishga harakat qiling.
- Agar yuqoridagi amallar muammoni hal qilmasa, kerakli ma’lumotlarni Servis markazlari sahifasidan qidiring.
- Ekran tasvirlari va menyular qurilmangiz modeli va dasturiy ta’minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.