Samsung Galaxy displeyidagi chiziqlar va dog‘lar
Chiziqlar yoki dog‘lar quyidagi ikki sababga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin:
- Displeyning jismoniy shikastlanishi
- Dastur yoki sozlamalarning ta'siri
Dastur yoki sozlamalarning ta'sirini bartaraf etish uchun quyidagi tavsiyalardan foydalaning.
- "Menyu" ni oching.
- "Parametrlar" bo‘limini tanlang.
- "Dasturchi Parametrlari" ni tanlang. Agar bunday bo‘lim bo‘lmasa, keyingi tavsiyaga o‘ting.
- "Dasturchi Parametrlari" ni o‘chiring.
Qurilmaning ishlashiga ta'sir qiluvchi yuklab olingan ilovalar – ya'ni sotib olganingizdan keyin o‘rnatilgan ilovalar bo‘lishi mumkin. Bunday ilovalarni aniqlash uchun qurilmani xavfsiz rejimda yuklang. Xavfsiz rejimda barcha yuklangan ilovalar o‘chiriladi, faqat zavoddan o‘rnatilgan ilovalar ishlaydi.
Agar xavfsiz rejimda qurilma normal ishlasa, muammo biror bir yuklangan ilovada bo‘ladi. Afsuski, xavfsiz rejim qaysi ilova muammoga sabab bo‘lganini aniqlamaydi. Shuning uchun har bir ilovadan birma-bir o‘chirishni tavsiya qilamiz va chiziqlar yoki dog‘lar yo‘qolganini tekshirib boring. Yaxshisi, oxirgi o‘rnatilgan yoki yangilangan ilovalardan boshlang.
Agar xavfsiz rejimda ham dog‘lar yoki chiziqlar yo‘qolmagan bo‘lsa, keyingi tavsiyaga o‘ting.
Agar yuqoridagi tavsiyalar yordam bermagan bo‘lsa, ehtimol, bu dasturiy nosozlik bilan bog‘liq. Uni bartaraf etish uchun ma'lumotlarni qayta tiklang. Ma'lumotlarni qayta tiklashda barcha fayllar xotiradan o‘chirilib, operatsion tizim sozlamalari qayta tiklanadi va xatolar yo‘q qilinadi.
Sozlamalarni qayta tiklash qurilmangizdagi barcha ma'lumotlarning o‘chirilishiga olib keladi.
Ma'lumotlarni qayta tiklashdan oldin barcha muhim ma'lumotlaringizning zaxira nusxasini yaratishni qat'iy tavsiya qilamiz.
Agar ma'lumotlarni qayta tiklash yordam bermasa, bu, ehtimol, ekraning jismoniy shikastlanishi bilan bog‘liq. Diagnostika va ta'mirlash uchun Samsung servis markaziga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.